TREYDING BO‘YICHA COMMUNITY
TASODIF EMAS —
TIZIM
ISHLAYDI
Tasodifiy bitimlarsiz va “signal”larga ko‘r-ko‘rona ishonmasdan — o‘z strategiyang, aniq riskni boshqarish va sovuqqon qaror qabul qilish.
O‘zingizga mos tarifni tanlangTelefondan yoki kompyuterdan. O‘zingizga qulay ritmda.
tizimdan boshlanadi
MENING SHAXSIY YO‘LIM
BOZORGA
YANGICHA QARASH
Mani ismim .
Man ham bir paytlar treydingni “tez boyish yo‘li” deb o‘ylardim. Depozitni bir necha marta yo‘qotdim — sababi bozor emas, tizimning yo‘qligi va hissiyotlar edi.
Bugun man treydingni qoidalar, riskni nazorat qilish va intizom orqali o‘rgataman.
Maqsad — bir kunda boyish emas. Maqsad — o‘z strategiyangni qurish, kapitalingni himoya qilish va bozorda barqaror ishlashni o‘rganish.
Bu “kafolatlangan daromad” va’dasi emas. Bu — bozorni tushunish va o‘z qarorlaringiz uchun mas’uliyat olishni o‘rganadigan yondashuv.
TRADEMOVE COMMUNITY
Trademove Community
bu Kurs emas
Trademove Community bu shunchaki videodarslarni sotib olib, ko‘rib chiqadigan kurs emas. Bu — o‘rganganlaringizni real bozorda qo‘llab, o‘z treyding tizimingizni quradigan amaliy dastur.
Man o‘zim qo‘llaydigan tahlil va risk-menejment tizimini yopiq Telegram community’da jamladim. Maqsadimiz bir: tasodifiy bitimlar emas, aniq reja asosida ishlaydigan treyder bo‘lish.
Qanday ishlaymiz?
O‘rganamiz — grafik, daraja, trend, hajm va bitim rejasini qanday tuzishni tushunamiz.
Bajaramiz — demo hisobda dastur bo‘yicha mashq qilamiz, har bir bitimni jurnalga yozib, xatolarni tahlil qilamiz.
Birga davom etamiz — Pro va Individual tariflarida umumiy chatda savollar beramiz, bozor sharhlarini muhokama qilamiz va kurator qo‘llab-quvvatlashini olamiz.
TRADEMOVE COMMUNITY ICHIDA
OFLAYN UCHRASHUVLAR
Community —
ekrandan tashqarida ham
Shogirtlar bilan jonli uchrashuvlar: tajriba almashamiz, savollarga javob beramiz va bir-birimizdan o‘rganamiz.








SIZ O‘ZINGIZNI TANIDINGIZMI?
TRADEMOVE COMMUNITY
KIMGA TO‘G‘RI KELADI?
- 01
Treydingni noldan boshlamoqchisiz, lekin qayerdan boshlashni bilmayapsizmi?
- 02
Depozitni bir necha marta yo‘qotgansiz va sababini tushunmayapsizmi?
- 03
Boshqalarning signallariga tayanasiz, o‘z qarorlaringizga ishonchingiz yo‘qmi?
- 04
Bitimga kirish va chiqishni qanday belgilashni bilmayapsizmi?
- 05
Har bitimda qancha risk qilishni va stop-loss’ni qanday qo‘yishni bilmaysizmi?
- 06
Hissiyotlarga berilib, rejadan chetga chiqib ketasizmi (qo‘rquv, ochko‘zlik)?
- 07
Ko‘p narsani o‘rgandingiz, lekin bitta ishlaydigan tizim yig‘a olmadingizmi?
- 08
“Tez boyish” emas, kapitalni himoya qiladigan va barqaror yondashuvni xohlaysizmi?
Agar o‘zingizni shu holatlarning birida tanigan bo‘lsangiz — Community aynan siz uchun.
SHOGIRTLAR NATIJALARI
Real savdolar,
real natijalar
Community a’zolarining spot savdolaridan skrinshotlar. Kattaroq ko‘rish uchun kartani bosing.
Shogirtlar maxfiyligi uchun ism va shaxsiy ma’lumotlar yashirilgan. Natijalar shaxsiy — o‘tgan natijalar kelajakdagi daromadni kafolatlamaydi.
SIZNING KEYINGI QADAMINGIZ
Tizimga birinchi qadam
Tarifni tanlang va ariza qoldiring. Menejer siz bilan bog‘lanib, to‘lov va kirish bo‘yicha ma’lumot beradi.
BOZOR KUTMAYDI.
TAYYORLANING.
Community uchun qabul tugashiga:
ARIZA QOLDIRING
Menejer o‘zi
bog‘lanadi
Ism va telefon raqamingizni qoldiring. Tarif tanlashda yordam beramiz va to‘lov tartibini tushuntiramiz.
TIZIMLI TREYDER BO‘LISHGA TAYYORMISIZ?
Birga boshlaymizmi?
Tanlashda yordam kerakmi? Menejer savollaringizga javob beradi va mos tarifni tanlashga yordam beradi.
Risk haqida ogohlantirish. Treyding — yuqori xavfli faoliyat, kapitalingizning bir qismini yoki hammasini yo‘qotishingiz mumkin. Ushbu community ta’lim maqsadida va moliyaviy maslahat emas; o‘tgan natijalar kelajakdagi daromadni kafolatlamaydi. Faqat yo‘qotishga tayyor bo‘lgan mablag‘ bilan savdo qiling.